1-laboratoriya ishi



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#180981
1   2
5 labaratorya umumiy fizika

Shtangentsirkul – juda katta aniqlik talab qilinmaydigan uzunliklarni o’lchashda ishlatiladigan asbob (1.5 - rasm).



1.5. rasm

U bir uchida B tishi bo’lgan va millimetrlarga bo’lingan A metal chizg’ichdan iborat bo’lib, unda masshtab bo’ylab harakatlana oladigan va C nonius bilan ta’minlangan D shaklli ramka bor. Bu ramkani biror vaziyatga keltirib, E vint bilan mahkamlab qo’yish mumkin. Tishlar bir-biriga tig’iz tegib turganda noniusning noli masshtab noliga to’g’ri kelib turadi. B tish o’lchanadigan jismga tayanch bo’lib xizmat qiladi. Jismlarning ichki o’lchamlari ikkala tishning FF qismlari bilan, chuqurligi esa K sterjen bilan o’lchanadi.


Mikrometr – simlarning diametrini, yupqa plastinkalarning qalinligini va boshqa kichik jismlarning chiziqli o’lchamlarini katta aniqlik bilan o’lchashga xizmat qiluvchi noniusli asbob (1.6-rasm). Shuningdek, bu asbob ba’zi o’lchov qurilmalari (mikroskop, optik truba va boshqalar)ning asosiy qismini ham tashkil qiladi. Mikrometrlarning o’lchash chegaralari 0-25 mm, 0-75 mm, 0-600 mm bo’ladi.
Mikrometrning ko’rinishi tiskiga o’xshagan bo’lib, o’lchanadigan buyum bu tiskining vint – sterjeni va tayanchi orasiga vint bilan qisib qo’yiladi. Vintning qadami, odatda 1mm yoki 0,5mm bo’ladi. A vintning sterjeniga C baraban kiygizilgan bo’lib, bu barabanning sirtida 50 yoki 25 bo’limli shkala bor.

1.6 – rasm 1.7- rasm

Vintni siqib qo’yganda baraban shkalasining nol chizig’i chiziqli shkala (D)ning noliga to’g’ri kelib turadi. Chiziqli o’lchamlari o’lchanadigan buyumni vint bilan uning qarshisidagi tayanch orasiga qo’yib, vint buyumga tekkuncha buraladi. Chiziqli shkaladan millimetrlar, baraban shkalasidan esa, millimetrning yuzdan bir ulushlari topiladi.


O’LCHASHLAR


1.Turli shakl va o’lchamga ega bo’lgan buyumlar va o’lchov asboblarini (shtangentsirkul, mikrometr, tarozi toshlari, lupa) tajriba stoliga keltirib qo’yiladi.


2.Har bir jismni chiziqli o’lchamlari 0,1 va 1% aniqlik bilan (unga mos o’lchov asboblari tanlab olinib) o’lchanadi va ma’lum geometrik formulalarga asosan bu jismlarning hajmlari aniqlanadi.
3. Har bir jismning massasi tarozida 0,1 va 0,01 g aniqlik bilan o’lchanadi.
4. Tanlab olingan qattiq jismlarning zichligi =  ifoda yordamida aniqlanadi.
SINOV SAVOLLARI
1. Nima uchun jismlarning chiziqli o’lchamlarini katta aniqlikda o’lchash talab etiladi?
2. Jismlarning chiziqli o’lchamlari qaysi asboblar yordamida o’lchanadi?
3. Nonius deb nimaga aytiladi?
4. Noniusning turlari va ishlash usullarini aytib bering.
5. Shtangentsirkul va mikrometrlarning tuzilishi va ishlash usullarini tushuntiring.
6. Jism moddasining zichligi deganda nimani tushunasiz? Uning solishtirma og’irlikdan farqi nimada?
7. Jismning massasi nima uchun shayinli tarozida aniqlanadi?
8. Jismlarning zichligi ularning shakliga bogliqmi?

ADABIYOTLAR


1. S.P. Strelkov. Mexanika. T., 1977.


2. D.V. Sivuxin. Umumiy fizika kursi. Mexanika. T., 1981.
3. V.I. Iveronova tahriri ostida "Fizikadan praktikum". T., 1960.
4. M.Sh. Haydarova. Fizikadan laboratoriya ishlari. T.
5. M.X. O’lmasova, J.A. Toshxonova, I. Ismoilov, J. Kamolov. Fizikadan praktikum. T., “O’qituvchi”, 1996.

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin