1. Harbiy gigienaning maqsadi nima



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix11.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#128456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Harbiy gigiyena (YN) savollariga javoblar

2. Suv va ovqat mahsulotlaridan namuna olish usullari, ularni ZM, RM bilan 
zararlanganligini ekspertiza qilish (brigada zvenosi darajasida), zararlanishning qism 
askarlari organizmiga tasiri nuqtai nazaridan zararlanish darajasini baholash. 
Dushman tomonidan ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitlarida suv va ovqat mahsulotlarining RM, 
ZM va BV bilan zararlanganlik xavfi yuqori bo’ladi. Zararlangan suv va ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish 
qism jangchilarining salomatligi va jangovarlik holatlariga jiddiy ta’sir etishi va yo’qotishlarga sabab bo’lishi 
mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun zaruriyat tug’ilganda suv va ovqat mahsulotlarini masxus 
ishlovdan o’tkazish talab etiladi.
O’zR ning Ichki Xizmat Nizomi va O’zR MV M54-95 Buyrug’iga muvofiq ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan 
sharoitlarda suv va ovqat mahsulotlarini maxsus ishlovdan to’g’ri va to’liq o’tkanlishini nazorat qilish tibbiy 
xizmat xodimlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun vrach maxsus ishlov berish usullari va 
qoidalarini bilishi, suv va ovqat mahsulotlarini shunday ishlovdan o’tkazilganda, ularning sifatini nazorat qila 
olishi va ulardan foydalanish mumkinligi haqida xulosa bera olishi kerak. 
Zararlangan suv va ovqat mahsulotlaridan foydalanish mumkinligi haqidagi masalani hal qilish ularni shunga 
muvofiq ekspertizadan o’tkazilish natijalari asosida bo’ladi. Suv va ovqat mahsulotlarining zararlanmagan 
qismi bo'lmasa, bu mahsulotlarni yo'qotish yoki ularni maxsus ishlovlardan o'tkazish kerak degan masala 
qo'yiladi. Maxsus ishlov (MI) deb suv va ovqat mahsulotlarini zararsizlantirish uchun qo'llanadigan tadbirlar 
tushuniladi. Suv va ovqat mahsulotlarini RM dan tozalashga dezaktivatsiya, ZM dan tozalash degazatsiya va 
bakterial vositalardan xoli qilishga zararsizlantirish deyiladi. Suvai maxsus ishlovdan o'tkazish STP da, ovqat 
mahsulotlarini maxsus ishlovdan o'tkazish uchun esa maxsus maydonchalar tashkil etiladi. Bunday sharoitda 
tibbiy xizmat xodimining vazifasiga maxsus ishlov berish usullarining to'g'ri tanlanganligi va maxsus ishlovdan 
o'tkazishning samarasini baholash kiradi. 


3. Harbiylarni tibbiy taminlash deganda nimani tushunasiz 
Harbiy tibbiyotga yuklatilgan vazifalar va shundan kelib chiqib jangchilarning tibbiy ta’minlashda 
profilaktikaga oid vazifalar muhim o’rinni egallaydi. Harbiylarni tibbiy ta’minlash, ularning jangovarlik 
qobiliyatini saqlash va sog’ligini mustahkamlash (bu harbiy gigiyenaning vazifasi), qismda kasallikni kelib 
chiqishining oldini olish (bu harbiy gigiyena va epidemiologiya vazifasi) va o’z vaqtida tibbiy xizmat ko’rsatish 
(bu tibbiy-ta’minotni tashkil qilish va harbiy dala terapiyasi va xirurgiyasi vazifasi) harbiy gigiyenaning 
vazifasidir. Shunday qilib, harbiy gigiyena asosiy profilaktik yo’nalishdagi Qurolli kuchlar shaxsiy tarkibi 
salomatligining o’zgarish qonuniyatlari, uni yaxshilash yo’li va usullari, shuningdek kasalliklarning oldini olish 
choralari to’g’risidagi bo’limdir. Harbiy gigiyenaning asosiy maqsadi askar va ofitserlarning jangovarlik 
qobiliyatini yuqori darajada saqlash, tekshiruv quroli esa harbiy xizmatchilarning salomatlik darajasini tashqi 
muhit omillariga bog’liqligini aniqlovchi qonuniyatlar hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun harbiy 
gigiyena bo’limi ofitser, askar va matroslarning yuqori jangovarlik qobiliyatini muhim asosi bo’lgan, harbiy 
qismlarda sog’lom ishlash va yashash sharoitlarini ta’minlaydigan qoidalarni ishlab chiqadi. 
№5-Билет
1.Harbiy xizmatchilar ovqat rattsioniga qo’yiladigan gigienik talablar 
Taomnomaga bo‘ lgan quyidagi gigiyenik talablar asosida amalga oshiriladi:
1. Kunlik ovqat ratsionining energetik qiymati haftaning ayrim kunlari bo‘yicha ovqatlanish payogi 
me’yorlaridan u yoki bu tarafga 300-400 kkal gacha o‘zgarishiga ruxsat etiladi.
2. Tayyorlangan ovqat o‘z tarkibida oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar va mineral tuzlarning ko‘zda 
tutilgan me ’yorIarini tutsin.
3. Ovqat kun davomida to‘g‘ri taqsimlangan boʻlsin (kunlik
energetik qiymatning foizlardagi nisbatida) 
4. Tayyorlangan ovqat xilma-xil boʻlishi kerak. Bir turdagi ovqat hafta davomida boshqa qaytarilmasligi lozim, 
bundan faqat harbiy xizmatchilar sevib iste’mol qiladigan taomlar mustasnodir. Bir kun davomida ikki 
turdagi, ammo bir xil mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlaming qaytarilishi ham mumkin emas.
5. Oshqozon shirasini haydaydigan ovqatlar (Rassolnik, shi, borsh, vinegret, qovurilgan kartoshka) neytral 
ovqatlar bilan almashinishi kerak (ugra oshi, yormali o^.'qatlar).
6. Katta hajmga ega bo‘lgan ovqatlar tushlikda beriladi. Ularni nonushtaga ham berishga ruxsat etiladi , 
ammo har kuni emas.
7. “C” gipovitaminozning oldini olish maqsadida qish faslining oxiri va bahorning boshlarida taomnoma 
tarkibiga iloji boricha katta miqdorlarda tuzlarigan va hom karamli ovqatlarni yoki ko'katlami qo‘shish tavsiya 
etiladi. 
8. Taomnomani tuzish va issiq ovqatlarni tayyorlashda albatta askarlarning milliy anʼanalarga rioya qilish 
kerak.
9. Qoʻshin turi va yaqin orada kutilayotgan jangovar harakatlarni hisobga olgan holda ratsion tuzilishi kerak.


10. Bir mahsulotni boshqa mahsulot bilan almashtirganda bir by davomida shu muddatga mo’ljallangan 
yormalar, makaron mahsulotlari,go’sht, qand va yogʻlar ortiqcha sarflanmasligi va ularning qiymati bir oylik 
qiymatdan ortib ketmasligi zarur. 
11. Harbiy qismdagi xizmatchilar uchun qism hududida ye (ishtirilgan mahsulotlardan qoʻshimcha ravishda 
foydalanilganda yoki harbiy qismning pul mablag’iga sotib olingan mahsulot lar haqida taomnomada alohida 
ularning nomlari va miqdorini koʻrsatish talab etiladi, 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin