1. Giyohvandlik haqida tushuncha


Giyohvandni oldini olish va davolash



Yüklə 144,5 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü144,5 Kb.
#160920
1   2   3
Giyohvandlik umr zavoli

Giyohvandni oldini olish va davolash.

Barcha mamlakatlarda giyohvandlarni davolash uchun maxsus narkologik shifoxonalar yoki markazlar tashkil etilgan.
AQSH, Isroil, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning har birida o`ziga xos davolash uslubi qo`llanadi. Masalan, AQSHda giyohvand bemorga u o`rgangan narkotik miqdorini asta-sekin kamaytirib davolash uslubi qo`llanadi.
Isroilning narkologik shifoxonalarida giyohvandni davolashda narkotik miqdorini kamaytirish bilan birgalikda uni mehnatga jalb etish uslubi qo`llanadi.
Tibetda budparast rohib (monax)lar bemorga tog`da o`sadigan ayrim o`tlardan damlama tayyorlab ichiradilar va bambuk daraxtidan tayyorlangan qamchi bilan maxsus usulda savalaydilar.
Ukrainada giyohvandlarni davolash uchun «ijtimoiy davolash markazi» tashkil etilgan. Mazkur markazda davolash jarayonida giyohvandga narkotik berilmaydi. Unda abstinensiya (xumor) holati yuzaga kelishi bilanoq bemor organizmini zahardan tozalash va ahvolini yengillashtirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi. Bemor abstinensiya holatidan chiqqandan so`ng ijtimony davolash usuli qo`llaniladi. Bunda narkotikning zarari, uni qabul qilmasa ham odamning yashashi mumkinligi, buning uchun irodani mustahkamlash zarurligi kabi tushunchalar bemor ongiga muntazam ravishda singdiriladi. Davolash jarayonida psixiatr, narkolog vrachlar, psixologlar, ijtimoiy ta‘minot sohasining mutaxassislari, bemorning yaqin odamlari birgalikda ishtirok etishadi.
Bizning mamlakatimiz narkolgik shifoxonalarida davolash jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi:
1. Bemor abstinensiya holatidan turli xil dorilar yordamida chiqariladi.
2. Abstinensiya holatidan chiqqan bemor ruhiyatini tinchlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkaziladi:
3. Bemorning umumiy quvvatini tiklashga qaratilgan tadbirlar, quvvatni oshiruvchi dorilar, vitaminlar qo`llaniladi:
4. Narkotikning zaharli ta‘siri, uni qabul qilmasdan yashash mumkinligi haqidagi ma‘lumotlar suhbatlar yordamida bemor ongiga singdiriladi.
Giyohvandlikning oldini olish.
Ko`pchilik olimlar, jamoat arboblarining fikricha, hozirgi kunda jahon mamlakatlarining hukumatlari va keng jamoatchilik oldida ikkita eng muhim, eng dolzarb vazifa turibdi, u ham bo`lsa insoniyatni giyohvandlik va OITS kasalligidan halos qilishdir.
Giyohvandlik har bir shaxs, oila, jamiyat taqdiri uchun eng og`ir illat ekanligini e‘tiborga olib, jahondagi barcha mamlakatlarning hukumatlari, jumladan O’zbekiston hukumati tomonidan narkotikni taqiqlash to`g`risida maxsus qonun qabul qilingan. Qonunga ko`ra, narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish, sotish, qabul qilish man etiladi. Shuningdek, qonunda narkotikning tibbiy va ijtimoiy zarari bo`yicha aholi orasida keng miqyosda tushuntirish ishlarini olib borish har bir fuqaroning burchi ekanligi qayd etilgan.
Giyohvandlikka qarshi kurashda xalq ta‘limi, sog`liqni saqlash, huquq idoralari, ijtimoiy soha vakillari, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik hamkorlikda ishtirok etishlari lozim. Giyohvandlikning oldini olish maktabdan boshlanishi zarur. Chunki keyingi yillarda giyohvandlik maktab yoshidagi bolalar va o`smirlar orasida keng tarqalmoqda. Masalan, Rossiyada keyingi 10 yilda katta yoshdagi giyohvandlar orasida o`lim 12 marta ko`paygan bo`lsa, giyohvand bolalar va o`smirlar orasida 42 marta ko`paygan. Shu sababli Rossiya Davlat Dumasi 1998 yilning oxirida «Rossiyada bolalar va o`smirlar orasida narkomaniya va toksikomaniyaning oldini olishning shoshilinch tadbirlari bo`yicha» qaror qabul qilgan. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish maxsus komissiyasini tashkil etgan.
Bolalar va o`smirlar orasida giyohvandlikning oldini olish masalasi avvalo ular ongida sog`lom turmush tarzini shakllantirishni talab etadi. O`sayotgan yosh avlod o`z sog`lig`ining naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ongli ravishda tushunishi kerak. Bolalar va o`smirlarni sog`lomlashtirish maqsadida keyingi yillarda Ukraina maktablarida «Valeologiya» - (sog`liq) fanini o`qitish joriy etilgan.
O`zbekiston Respublikasida yoshlar sog`ligini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash bo`yicha ko`pgina tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Sog`lom avlod uchun» xalqaro jamg`armasi, «Ekosan» fondi va Sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinilg 1993 yil 3-dekabrdagi 589-sonli qarori bilan «Yosh avlodni sog`lomlashtirish muammolarini majmuali hal etish» ning kengaytirilgan dasturi tasdiqlangan. Mazkur dastur bo`yicha keng ko`lamda ish olib borilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi, Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirliklarining ko`rsatmalariga asosan 1998-1999 o`quv yilidan boshlab barcha maktablar, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida o`quvchilar va talabalar orasida «Giyohvandlikka qarshi kurash» maxsus kursi o`qitilishining joriy etilishi yoshlarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim tadbirdir.
Giyohvandlikning oldini olish va bu ijtimoiy illatga qarshi kurashishda mamlakatimizning har bir fuqarosi quyidagi tushunchalarga ega bo`lishi zarur.
- Giyohvandlikni O`zbekiston qonuni asosida man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni uyda, yotoqxonada, mehmonxonada, cho`ntagida, buyumlar ichida saqlash man etilganligini bilish;
- Narkotiklarni sotish, bepul in‘ometish, ularni qabul qilishni taklif etish yoki zo`rlash jinoyat ekanligi haqidagi tushunchaga ega bo`lish;
- O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining XIX— bobida bayon etilgan «Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish» jinoyat ekanligini bilish;
- Mazkur Kodeksning 270—271—272—273—274—275-276-moddalarida narkotik moddalarni ekish, ishlab chiqarish, sotish, tarqatish, saqlash, iste‘mol qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortish bayon etilgan.

Yüklə 144,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin