1. Fuqarolarni himoya qilishning asosiy tamoyillari Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida “ogohlantirish” tartibi


Oddiy saqlovchi boshpana - erto‘la



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə8/14
tarix23.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#120099
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
FUQAROLARNI XAFLI HUDUDDAN XAVFSIZ XUDUDGA KO‘CHIRISH

Oddiy saqlovchi boshpana - erto‘la. Fuqarolarni muhofaza qilishda oddiy saqlovchi boshpanalar, (erto‘lalar) alohida o‘rin tutadi. Erto‘lalar qurilish konstruktsiyasiga ko‘ra oddiy himoya inshoatlari qatoriga kiradi, chunki uni qurish juda qiska vaqtda amalga oshiriladi. Ular ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Ochiq erto‘lalarda odamlar radioaktiv shikastlanishdan ikki-uch marta kam zararlanadi (agar erto‘la dezaktivatsiya qilinmasa) va 20 barobarigacha (agar erto‘la dezaktivatsiya qilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopiq erto‘lalar esa radioaktiv zararlanishni 40-50 marta kamaytiradi. Erto‘lalar chuqurligi 200 sm., kengligi 120 sm., pastki qismi esa 80 sm., uzunligi esa odamlar soniga qarab tayyorlanadi. Tuproq, poxol, qamish

ochiq erto‘la yopiq erto‘la
Ochiq erto‘lada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan holda saqlanadilar.
Yopiq, erto‘lalar, radioaktiv changlarni, biologik tumanlarni, kimyoviy qurollarni kiyim-kechaklarga, terilarga tushishidan saqlovchi boshpana hisoblanadi.

6. Fuqarolarni xavfsiz xududga evakuatsiya qilish


Qirg‘in qurollari ta’siridan saqlash usullaridan yana biri - bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarni xarbiy vaqtda vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa ko‘chirishni biz uzoqlashtirish deb bilamiz. Lekin bunda ishchi xizmatchilar vaqtincha zararlangan hududdan chiqib turadilar. Qaytadan yana ishga kelganlarida hamma ehtiyot choralarini ko‘rib, o‘z faoliyatlarini boshlaydilar. Demak, vaqtinchalik ko‘chirishda ishlovchi odamlar ma’lum bir vaqt dam olib keladilar.
Evakuatsiya deganda hammani bir vaqtda bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy yashash uchun ko‘chirilish tushuniladi (asosan ishlamaydigan fuqarolar, nafaqaxo‘rlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). Evakuatsiya qilinganda alohida buyruq bo‘lmaguncha fuqarolar o‘sha joyda yashab turadilar.
Xavfsiz hudud xavfli hududdan bir muncha uzoq masofada joylashgan bo‘lishi va xalqqa xech qanday xavf tug‘dirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud temir yo‘l, avtomobil yo‘llariga yaqin, ishchi xizmatchilarni ishga olib borib, yana qaytib kelishi uchun qulay bo‘lgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bog‘liq bo‘lmagan ishchilar hududdan uzoqroq erga evakuatsiya qilinadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘rta Osiyo Respublikalari xalqlari, evakuatsiya qilinganlarni o‘z bag‘rilariga olganlar. Masalan, Toshkentlik temirchi Shomahmudov Shoahmad ota 14 bola asragani hammaga ayon.
Xavfsiz hududga vaqtinchalik yoki butunlay ko‘chirish ishlari ishlaydigan odamlar uchun ishlab chiqarish tamoyiliga ko‘ra, ishlamaydigan xalq uchun esa xududiy tamoyilga ko‘ra turar joy boshqarmasi orqali amalga oshirildi. Tadbirlar har bir ishlab chiqarish korxonasida yoki turar-joylarda bunday ishlar bilan shug‘ullanidigan boshliq o‘rinbosarlari tomonidan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi.
Ko‘chirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yig‘iladigan joyidan tashkillashtiriladi. Yig‘ilish joylari (Evakuatsiya punkti - EP) asosan, maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari bo‘lishi mumkin. Xalqni ko‘chirish haqida ma’lumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, o‘quv yurtlari, korxonalari, militsiya organlari hamda radio, televidenie orqali xalq xabardor qilinadi. Yg‘ilgan odamlar qayta hisobotdan o‘tkazilib, guruhlarga bo‘linadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko‘rsatilgan vaqt ichida xavfsiz hududga etkazaladi.
Yayov yuradiganlar oldindan tuzilgan mashrut bo‘yicha kolonna bo‘lib (kolonnada 500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda, albatta. guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhda 50-100 kishi bo‘ladi. Kolonna har 1-1,5 soat yurishdan keyin 1015 daqiqa dam olib, aytilgan joyga borish bilan hamma kolonna a’zolarn tibbiy ko‘rigidan o‘tkaziladi. Bu erda evakuatsiya qilinganlarni qabul komissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga o‘sha joyning hokimiyat boshliqlari, korxona rahbarlari, oziq-ovqat, tibbiyot xizmatchilari kiradi. Ular odamlarni qabul qilib, hisobotni oladi va har birini joylashtiradi. Odamlar asosan, maktablarga, klublarga, kinoteatrlarga va shunga o‘xshaganlarga, ba’zan o‘sha erda yashovchi oilaga ham ma’lum qism odamlar taqsimlanadi. Joylashtirilgan har bir insonga tibbiy xizmati ko‘rsatilib, oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
Evakuatsiya qilingan fuqarolar o‘sha erdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin