1. Fizik–kimyoviy tekshirish usullari mohiyati


Standart eritmalar tayyorlash va eritmalarga qo`yilgan talablar



Yüklə 16,51 Kb.
səhifə3/4
tarix19.06.2023
ölçüsü16,51 Kb.
#132746
1   2   3   4
4. Standart eritmalar tayyorlash va eritmalarga qo`yilgan talablar.
Fotometriya usullarining mohiyati shundan iboratki, aniqlanayotgan eritma rangining intensivligi (yoki loyqalik darajasi) konsentratsiyasi ma`lum bo`lgan eritmaning rangi bilan solishtiriladi. Ma`lum konsentratsiyali rangli eritma tayyorlash uchun standart eritmalar deb ataluvchi eritmalar ishlatiladi. Standart eritma aniqlanayotgan moddaning aniq miqdorini o`zida tutadi. Odatda standart eritmaning konsentratsiyasi 1 ml eritmadagi moddaning mg lari (mg/ml) ifoda qilinadi. Standart eritmalar ikki xil usulda tayyorlanadi:
1. Aniq tortim bo`yicha, agar tortiladigan modda kerakli talablarga javob bersa. Analitik tarozida hisoblangan miqdorga aniq teng qilib olingan tortim o`lchov kolbasiga solinadi va eritma tayyorlanadi. Bundan keyingi kuchsizroq standart eritmalar tayyorlash uchun tayyorlangan eritmadan kerakli hajmda pipetka bilan olinadi, 100 ml li o`lchov kolbasiga solinadi va belgigacha suv qo`shiladi. Masalan, 0,1 mg/ml NH3 bo`lgan eritma tayyorlash uchun tayyorlangan eritmadan 10 ml (1 mg/ml) olib 100 ml li o`lchov kolbasiga solish kerak.
2. Agar eritmani aniq tortim bo`yicha tayyorlab bo`lmasa, u taxminiy tortim bo`yicha tayyorlanadi. Bunda kolorimetrik aniqlashga kerak bo`lganidan konsentrlanganroq eritma tayyorlanadi (1 ml da 30–40 mg modda). 0,01 g aniqlik bilan olingan tortim 1 l hajmli o`lchov kolbasida eritiladi. Eritmaning aniq konsentratsiyasini tayyorlangan eritmadan pipetka bilan 20 ml dan lib 3 ta garallel namunadan gravimetrik usulda aniqlanadi. Kerakli konsentratsiyali eritmalar tayyorlangan eritmani 1–punktda ko`rsatilganidek suyultirib olinadi.
Fotometriya usuli bilan aniqlash uchun ishlatiladigan rangli reaksiyalar quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak:
1. Bo`yalgan eritma hosil bo`lish reaksiyasi katta tezlikda ketishi kerak;
2. Olingan bo`yalgan birikma yetarli intensiv rangga ega bo`lishi kerak, u qanchalik intensiv bo`lsa, analiz usuli shunchalik sezgir bo`ladi;
3. Rang vaqt o`tishi bilan o`zgarmasligi va yorug`lik nuriga nisbatan sezgirligi kam bo`lishi kerak;
4. Rangning intensivligi rangli moddaning konsentratsiyasiga to`g`ri proporsional bo`lishi kerak.
Rangli eritmalarni tayyorlashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Standart va tekshirilayotgan eritmalarga bir xil reaktivlarni bir xil ketma–ketlikda va bir xil miqdorda qo`shiladi;
2. Standart va tekshirilayotgan rangli eritmalarni bir vaqtda tayyorlanadi, chunki rangning intensivligi ko`pincha vaqt o`tishi bilan o`zgaradi;
3. Standart va tekshirilayotgan rangli eritmalar rangning intensivligi suyultirishga bog`liq bo`lmasligi uchun bir xil hajmda tayyorlanishi kerak. Shuning uchun ularni o`lchov kolbasida yoki darajalangan probirkalarda tayyorlanadi.
4. Standart va tekshirilayotgan eritmalarning rangi bir xil idishda va bir xil yoritilganlikda taqqoslanadi.



Yüklə 16,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin