1. Fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot. O`timli va o`timsiz fe’llar Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/3
tarix15.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#143774
1   2   3
Fe\'l haqida ma\'lumot Презентация002

O`timli va o`timsiz fe’llar

  • O`timli va o`timsiz fe’llar
  • O`timli va o`timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.
  • Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli fe’l deyiladi.
  • Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karimov).
  • Bu gap ichganmiz, eganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, nontuzini so`zlari bilan ifodalangan predmetga o`tadi. Demak, o`timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog`lanadi.

Fe’llar o`z leksik ma’nosiga ko`ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o`zgarishisiz (o`zak-negiz holida) holida o`timli yoki o`timsiz bo`ladi. Masalan: ol, och, ko`r, yoz, ich, qo`y, so`ra, ber kabilar o`timli; bor, kel, o`tir, uxla, yot, yur kabilar o`timsiz fe’llardir.

  • Fe’llar o`z leksik ma’nosiga ko`ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o`zgarishisiz (o`zak-negiz holida) holida o`timli yoki o`timsiz bo`ladi. Masalan: ol, och, ko`r, yoz, ich, qo`y, so`ra, ber kabilar o`timli; bor, kel, o`tir, uxla, yot, yur kabilar o`timsiz fe’llardir.
  • Bunday usul bilan, ya’ni fe’lning leksik ma’nosiga ko`ra o`timli-o`timsizlik ma’nosining ifodalanishiga leksik-semantik usul deyiladi.
  • Fe’l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo`shimchalar (o`zlik, majhullik, orttirma nisbat qo`shimchalari) o`timli va o`timsiz fe’llarni belgilab beradi. O`timli-o`timsizlikning fe’l nisbatini yasaydigan affikslar bilan ifodalanishi morfologik usul sanaladi. Fe’l o`zak-negiziga nisbat qo`shimchalari qo`shilganda, fe’lning o`timli-o`timsizligi quyidagicha yuz beradi:
  • o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga aylantiradi: so`radi - o`timli fe’l, so`raldi - o`timsiz fe’l; ko`rdi - o`timli fe’l, ko`rindi - o`timsiz fe’l. So`radi o`timli fe’liga qo`shilgan –l majhullik nisbat qo`shimchasi, ko`rdi o`timli fe’lga qo`shilgan –in o`zlik nisbat qo`shimchasi so`radi, ko`rdi fe’llarini o`timsiz fe’llarga aylantirdi;
  • orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe’lni o`timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe’l, kuldirdi - o`timli fe’l; yurdi - o`timsiz fe’l, yurgizdi - o`timli fe’l; uxladi - o`timsiz fe’l, uxlatdi - o`timli fe’l. Ushbu kuldi fe’liga qo`shilgan –dir qo`shimchasi, yurdi fe’liga qo`shilgan –giz qo`shimchasi, uxladi fe’liga qo`shilgan –t orttirma nisbat qo`shimchalari o`timsiz fe’llarni o`timli fe’liga aylantirdi.
  • orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o`timli fe’l, eslatdi - o`timli fe’l; ichdi - o`timli fe’l, ichirdi - o`timli fe’llari tarkibidagi –t, -ir orttirma nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni yana o`timli fe’lga aylantirdi.
  • Qo`shma fe’llarda o`timli va o`timsizlik ma’nosi etakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko`ra boshladi, yozib chiqdi qo`shma fe’llarda aytib, ko`ra, yozib etaksi qismning o`timli ekanligi shu fe’llarning o`timli ekanligini ko`rsatadi. Aksincha, qo`shma fe’llarning etakchi qismi o`timsiz fe’ldan bo`lsa, butun qo`shma fe’l o`timsiz bo`ladi: o`sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo`ydi kabi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin