1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati, xavf turlari va



Yüklə 46,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix27.12.2023
ölçüsü46,36 Kb.
#199456
1   2   3   4   5
ХФХ.1-амал.

5-aksioma.
Texnogen xavflar odamlar salomatligini yomonlashtiradi, jarohatlarga, 
moddiy talofatlarga va tabiiy muhitning tanazzuliga olib keladi. 
Jarohatlovchi omillarning ta’siri odamlarni jarohatlanishi yoki o’limiga olib keladi. 
Bu odatda tabiiy muhit va texnosferadagi cheklangan buzilishlar tufayli yuzaga keladi. 
Zararli omillarning ta’siri odatda, uzoq muddatli bo’lib, salomatlik holatiga salbiy 
ta’sir qiladi, kasbiy yoki regional kasalliklarga olib keladi. Tabiiy muhitga ta’sir qilib, 
tabiat va hayvonot olami, hamda biosfera elementlarining tanazzuliga olib keladi. 
Zararli moddalarning yuqori kontsentratsiyalarida yoki energiyaning katta 
oqimlarida zararli omillar o’zlarining ta’sir qilish xarakteri bo’yicha jarohatlovchi 
omillarga tenglashadi. Masalan, zaharli moddalarning suvdagi, havodagi va oziq-
ovqatdagi kontsentratsiyalari odamni zaharlashi mumkin. 
6-aksioma.
Texnogen 
xavflardan 
himoyalanish 
xavf 
manbalarini 
mukammallashtirish, xavf manbai bilan himoya ob’ekti orasidagi masofani uzoqlashtirish 
va himoya choralari qo’llash bilan amalga oshiriladi. 
Modda, energiya va informatsiya oqimini kishi faoliyati zonasida kamaytirish uchun 
bu oqimlarni xavf manbaidan chiqishini kamaytirish yoki ular orasidagi masofani 
uzaytirish bilan amalga oshirish mumkin. Bularni amalga oshirish mumkin bo’lmagan 
hollarda himoyalovchi texnik, tashkiliy tadbirlar va shaxsiy hamda kollektiv himoya 
vositalari qo’llanadi. 
7-aksioma.
Odamlarning xavflar va ulardan himoyalanish borasidagi chuqur 
bilimlari - hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlashdagi zarur shartdir.
Texnogen xavflarning xilma-xilligi va ularni tez sur’atlar bilan ko’payib borishi, 
ulardan himoyalanishni tabiiy mexanizmlarini yo’qligi, odamda xavflarni oldindan sezish 
va ulardan himoyalanish malakasiga ega bo’lishni talab qiladi. Bunga uni hayoti 
davomida faqat o’qitish, o’rgatish va malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash 
bilangina erishib bo’ladi. 
 
Muhokama uchun savollar: 
1.
Texnosfera rivojlanishining erdagi hayotga ta’siri qanday? 
2.
Atmosfera havosining harorati ko’tarilib borishi erdagi hayotga 
qanday ta’sir qilyapti? 
3.
Ozon qatlamining emirilishi biosferaga ta’sir qiladimi? 
4.
Xavf nima? Unga ta’rif bering. 
5.
Yashash muhiti monitoringi haqida nima bilasiz?
 
 

Yüklə 46,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin