Aripov M., Xaydarov A. Informatika asoslari T. “O`qituvchi” 2002y.
Holmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika,dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y.
Mustaqil bajarish uchun variantlar: Chiziqli jarayonlarni algoritmlshga doir vazifalar Tikuv fabrikasi bo’limida birinchi tikuvchi bir soatda a=200m., ikkinchisi bq215m., uchinchisi c=225m., to’rtinchisi d=250m. ip ishlatadi. Agar ular bir kunda t=7 soat ishlasa hammasi bo’lib qancha ip ishlatadi.
Paxta punktida 12 ta paxta uyumi mavjud bo’lib har bir uyum eni aq10m., bo’yi bq40 m., va balandligi h=6m. 1m. kub paxta 13 kilogramni tashkil etsa, punktdagi hamma paxta qanchaligini toping.
Bir juft 41-razmerli tufli tikish uchun a=0.21m.kvadrat charm, 40-razmer uchun b=0.19m.kv., 39 razmer uchun c=0.17m.kv. charm ketadi. Agar ishchi bir oyda 41-razmerdan 4 ta, 40 razmerdan 6 ta, 39 razmerdan 15 ta tufli tiksa, u uch oyda qancha charm ishlatgan bo’ladi.
Qirqilgan gazlama tamonlarining uzunliklari aq3sm., b=4.8sm., c=3.4sm., d=5.2sm bo’lsa, uning yuzasini toping.
Ishchi s=36540 so’m oylik maosh oladi. Agar 1so’mdan 4 ming so’mgacha 15%, 4 ming so’mdan 8 ming so’mgacha 25%, 8 ming so’mdan 12 ming so’mgacha 30% va undan yuqorisidan 36% soliq ushlansa ishchi qo’liga qancha oyliki oladi.
Uchburchak shaklda kesilgan matoning tamonlari a=2.6sm., b=3.4sm., c=2.4sm. bo’lsa ular burchaklarini graduslarda aniqlang.
Tekislikda koordinatalari x(i) va y(i) (i=1,2,..,n) bo’lgan n ta nuqta berilgan. Ular ketma-ket biri ikkinchisi, ikkinchisi uchinchisi bilan va hakazo birlashtirilgan. Eng katta uzun kesma va ularni birlashtiruvchi nuqtalar koordinatalari topilsin.. N=5 deb olinsin.
M1,M1,...,Mn nuqtalar o’z koordinatalari bilan berilgan. Shu nuqtalardan markazi (x0,y0) radiusi R ga teng bo’lgan aylana ichida yotadiganlarini aniqlang.