Standartlar Standartlashtirish texnika taraqqiyotini tezlashtirish, kompleks mexanizatsiya
va avtomatlashtirishni ishlab chiqarishda joriy qilish, korxonalarni ixtisoslashtirish
va kooperatsiyalashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash va uning tannarxini
arzonlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. Standartlar texnik hujjatlar bo’lib, ular
buyumlarning o’lchash, shakli, og'irlik va boshqa sifatlarini ko‘rsatadi. Chizma
standartlari esa chizmalarni va eskiziarni bajarishda qabul qilingan qoida va shakl
(forma)larni belgilaydi. Chizma standartlari qonun kuchiga ega. Ular mashinalar va
apparatlar ishlab chiqaradigan korxonalarda, sanoat bilan bog'liq bo‘lgan loyiha
idoralarida, barcha o ‘quv yurtlarida majburan joriy etiladi.
Buyumlar ishlab chiqaradigan korxonalar o ‘z mahsulotlarini, shu mahsulotlar
bo‘yicha qabul qilingan standartlarga muvofiq tayyorlab beradi.
Sobiq SSSRda da 1924-yiIgacha horijiy davlatlar standartlari, ya'ni dyumli
rezbalar tadbiq qilingan. Lekin OST NKTP 1260 standart b o ‘yicha eski import
mashina va jizohlarni ta'mirlashda qoMlaniladi. 1925-yildan 1940-yilgacha davlat
standartlari OST, 1940-yildan boshlab GOST indeksi bilan belgilangan. Sanoatda
OST va GOST lardan boshqa standartlar joriy etilmagan mahalliy ahamiyatga ega
bo’lgan buyumlar ishlab chiqarish uchun idoralar tomonidan qabul qilingan
standartlardan foydalanishgan.
Sobiq SSSRda standartlarning quyidagi kategoriyalari mavjud edi: Butun
ittifoq standard (GOST); xalq xo‘jaligi tarmoqlari standartlari (OST); respublikalari
standartlari (RST); korxona standartlari (STP).
1-yanvar 1963-yildan boshlab SEV (o'zaro iqtisodiy yordam ittifoqi) standarti
kiritildi. Shundan so'ng GOST (SEV) ko'rinishda belgilanadi. 1971-yildan boshlab
YESKD standartlari amal qila boshladi.
O'zbekiston mustaqillika erishganidan so'ng barcha standartlar isloh qilinadi.
Vazirlar mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo'yicha
ishlami tashkil qilish to‘g‘risida”gi 1992-yil 2-martdagi 93-sonli Qarorida sobiq
SSSR ning davlat standartlari GOST MDH ning davlatlarida standarti sifatida amal
qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi
(O'zKHYT) 2003-yil 17-noyabrda qabul qilindi va O'zD St 2.001:2003 deb
belgilandi.
O'zDSt standart nomeri O'zKHYT standartlar klassiga berilgan 2 raqam bilan
tuzila boshlanadi (quyidagi jadvalga qaralsin):
Klassifikatsion guruhlaming tarkibi:
1-jadval
O‘zDSt — O‘zbekiston davlat standartining belgisi (indeksi)
2 - O‘z KHYT standartining klassi
0 - Standart guruhining klassifikatsiya shifri
01 - Guruhdagi standartning tartib raqami
2003 - Standart ro'yxatga olingan yil
O‘zKHYT standartning belgilanishiga misol:
O‘zDSt 2.001:2003