Asosiy
xotira
ixtiyoriy
ruxsat
etishli va manzillar oralig’idagi
manzillashtiriladigan (OXQ va DXQ) va kesh-xotirani tashkil etadigan
manzillashtirilmaydigan xonalardan iborat. Kesh-xotira hajmi bo’yicha OXQ ga
qaraganda kam, lekin tezkorlik bo’yicha yuqori. OXQ dan o’qilgan yacheykadagi
ma’lumotlar o’zgarmaydi va takroriy o’qilishi mumkin. Xonaga yozishda kod
o’chiriladi va uning o’rniga yangi kod (son yoki buyruq) yoziladi. Asosiy xotiraning
hajmi saqlanadigan so’zlarning miqdori bilan uning tezkorligi esa murojaat etish
vaqti bilan, ya’ni kerakli so’zni yozish va o’qish davomiyligi orqali aniqlanadi.
Algoritm va unga mos kompyuter dasturining bajaralish jarayoni boshqarish
qurilmasining ishlashini ta’minlaydi. Joriy dasturga mos ravishda bu bog’lama
kerakli buyruqni va bu buyruqni bajarilishiga taalluqli bo’lgan navbatdagi
ma’lumotlarni tanlashlarga, AMQ da kerakli amalni bajarilishini va olingan natijani
ko’rsatilgan manzil bo’yicha joylashtirishni nazorat qiladi. Dasturning joriy
buyrug’ining bajarilishi jarayonida boshqarish bog’lamasi buyruqning ishlatilish
vaqtida qatnashadigan qurilmalar uchun boshqarish signallari ketma-ketligini
shakllantiradi. Agar tashqi qurilmalar bilan o’zaro aloqa bog’lash buyrug’i (tashqi
xotiradan ma’lumotlarni yuklash, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish) bajariladigan
bo’lsa, u holda boshqarish bog’lama almashish jarayonining mos so’rovlari va
sinxronlash qoidalarini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: