19
6. Siz Skype tarmogida kerakli odamlarni kidirishingiz mumkin. Kidiruv haqidagi ma’lumotlar
superuzelga junatiladi. Topilgan IP manzil, uning porti nomeri va boshqa mulokat uchun ma’lumotlar sizga
junatiladi. Bu ma’lumotlardan foydalangan xolda siz kerakli odamga kungirok qila olasiz.
7. Agar superuzelda siz kidirayotgan ma’lumotlar topilmasa, bu superuzel boshqa superuzellarga
murojaat qiladi va superuzellar bu ma’lumotlar topilmaguncha bir-birlariga murojaat qila beradilar.
8. Skype mobilь va staqionar telefonlarga ham kungirok qilish imkonini beradi. Dastlab kungirok
internet orqali uzatiladi va fakat oxirgi kadamda kungirok simli yoki mobilь telefon tarmogi orqali uzatiladi.
Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish tizimlari (FTP, Gopher)
FTP (File Transfer Protocol-fayllarni uzatish qaydnomasi) qaydnoma ma’lumotlar almashish
xizmatidir. Bu xizmat orqali har bir foydalanuvchi o’z kompyuterida mavjud FTP dasturdan
foydalanib, uzoqdagi FTP server kompyuteriga ulanishi, fayllarni uzatishi yoki o’z kompyuteriga
fayllarni qabul qilib olishi mumkin. FTP orqali faqat matnli emas, balki ikkili fayllarni (matnli
bo’lmagan ixtiyoriy faylni) ham jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Hatto uzoqdagi
kompyuterga anonymous (nomsiz) foydalanuvchi nomi bilan kirib, FTP serveriga (ruxsat berilgan
fayllarga) yozib qo’yish imkoniyati mavjud. Bunday fayllar FTP-serverning maxsus
incoming
katalogiga yoziladi. O’z navbatida FTP server mijoz/server texnologiyasida ishlaydigan tizimdir.
Ilgari FTP dasturlari faqat UNIX da tuzilgan bo’lsa, hozirda FTP dasturlari IBM PC
kompyuterlarining MS Windows muhitida ham bemalol ishlay oladi. Bu esa uning qulay
interfeysidan foydalanishi mumkin deganidir. Xost kompyuter katalog va fayllari bilan grafik
interfeysida foydalanganda go’yoki o’z katalog va fayllari bilan ishlayotgandek his qilinadi va
mijoz kompyuteridan odatdagidek fayllar yozib olinadi.
FTP mijoz dasturlardan foydalanib uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanayotganda, avvalo, unda
ro’yxatdan o’tish lozim. Agar tizim administratori foydalanuvchi sifatida sizni ro’yxatdan
o’tkazgan bo’lsa, bunda hech qanday muammo bo’lmaydi va sizga berilgan huquq (administrator
o’rnatgan) doirasida undan bemalol, hatto lozim bo’lsa, server resurslaridan ham foydalanaverasiz.
Dostları ilə paylaş: