1- mavzu: Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa qo’shgan olimlar va o’rganish usullari. Reja



Yüklə 125,12 Kb.
səhifə3/22
tarix26.09.2023
ölçüsü125,12 Kb.
#148903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1- mavzu Kirish. Anatоmiya, fanining rivojlanish tarixi. Hissa

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





  1. Ahmedov N.K. “Normal va patologik anatomiya bilan fiziologiya”. 2004-yil.

  2. Ahmedov N.K. “Odam anatomiyasi atlasi” I , II jild. 1996-yil

  3. Ahmedov A., Ziyamitdinova G. “Anatomiya,fiziologiya va patologiya’’ 2012-yil.

  4. Eyngorn A.G. “Patologik anatomiya va patolagik fiziologiya’’ 1984-yil.

  5. Vorobyova V.A “Anatomiya va fiziologiya”1987-yil.



2-MAVZU: Osteologiya-suyaklar haqidagi ta’limot. Suyaklar tuzilishi, shakllari, tarkibi, birikishi, turlari. Tana skeleti va uning qismlari


REJA:

1. Suyaklar va ularning tarkibi.


2. Suyaklarning shakllari va ularning ahamiyati.
3. Suyaklarning turlari.
4.Umurtqa pog'onasini tuzilishi va qismlari.
5.To’sh suyagining tuzilishi va ahamiyati.
6.Qovurg’alar haqida tushuncha.

Odam organizmning asosiy vazifalaridan biri uning haral lish qobiUyatidir. Harakat odam organizmning atrof-muhitga lashishida ma’lum ahamiyatga ega. Odamning harakati ta} harakat apparati ishtirokida ro’y beradi. Tayanch-harakat suyaklar hamda ular o’rtasidagi birlashmalar va mushaklardan Suyaklar va ularning birlashmalari suyaklar va ba’zi a’zolar tayanch vazifasini bajarib, tayanch-harakat apparatini nofaol сtashkil qiladi. Uning faol qismi bo’lgan mushaklar qisqarib su chaglarga ta’sir qiladi va ulami harakatga keltiradi. Tayanch-1 a’zolar tizimi organizmning ko’p qism (gavdaning umumiy og’irligini 72,5 %)ini tashkil qiladi.


Skelet (skeleton) grekcha «skeletos» — «quritilgan» degan s olingan. U 200 ortiq alohida suyakdan iborat, 95 tasi juft suyaklardir. Skeletning og’irligi 5—6 kg bo’lib, er da u gavda umumiy og’irligining 10 %ini, ayollarda 8,5 %in kil qiladi. Skelet tayanch-harakat, himoya va biologik vazifala jaradi.
1. Tayanch-harakat vazifasi suyaklar yumshoq to’qima va mushaklar vositasida birikib skeletni hosil qiladi. Skalet suyaklari uzun va qisqa richaglar hosil qilib, mushaklar qisqarganida harakatga keladi.
2. Himoya vazifasi skelet hayot uchun zarur a’zolar boshliqlar hosil qilib ulami tashqi ta’sirotlardan saqlaydi. Masai qa kanali ichida orqa miya, kalla bo’shlig’ida bosh miya, 1 fasida o’pka va yurak va yirik qob tomirlar, chanoq bo’sh dik tanosil a’zolari joylashgan.
3. Biologik vazifasi suyaklar tarkibida ko’p miqdorc modda almashinuvida ishtirok etuvchi kalsiy, fosfor, magni qa elementlar bor. Bundan tashqari suyaklaming epifizlaric gan qizil ilik organizmda biologik himoya vazifasini bajara elementlarini ishlab chiqaradi.
Нагbir suyak (os) alohida a’zodir. Suyak murakkab tu; kimyoviy tarkibga ega. Suyaklaming tuzilishida suyak to’qi him ahamiyatga ega.
U metalldek qattiqlikka ega bo’lib, molekular massasi dan 2 barobar ko’p). Tirik suyak to’qimada yoki yangi suyakda 50% suv, 28,15 % a’zoik moddalar, jumladan yog’ va 21,85 % noorganik moddalar bor. Yog’sizlantirib suyakni 1/3 qismini a’zoik moddalar (ossein, xitin, muguz 2/3 qismi esa noorganik moddalar (kalsiy tuzlari, ayniqsa fosfati—51,04 %, kremniy va boshqa moddalar) tashkil qiladi.
Noorganik moddalar yoki mineral tuzlar suyakni qattiq qilsa, a’zoik moddalar uning elastikligini ta’minlaydi. noorganik moddalaming miqdori yoshga qarab ko’payib bor ning uchun qari odamlaming suyagi nisbatan mo’rt bo’lai lar suyagining elastikligi uning tarkibida a’zoik moddalam bo’lishiga bog’Uq. Agar suyakni kuchli kislotaga solinsa, min lar erib, ossein moddasi qoladi, bunda suyak qattiqligini elastik bo’lib qoladi. Agar suyakni temir o’qqa o’matib yoqs£ nik moddalar yonib ketadi va suyakning elastikligi yo’qoladi. suyak tezda kulga aylanadi.
Naysimon suyaklar qo’l va oyoq skeletini hosil qii zifasini bajaradi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bil dir suyaklari) va kalta naysimon suyaklar (qo’l, oyo moq falangalari) tafovut qilinadi. Naysimon suyaklai mi — tanasi yoki diafizi silindr yoki uchburchak shakl suyaklaming tanasida suyak iligi bo’shlig’i bo'lib, ic bo’ladi. Ularning kengaygan uchi — epifiz deb ataladi. suyak bilan birlashuvchi bo’g’im yuzasi bor bo’Iib, ta’ bo’g’im tog’ayi bilan qoplangan.
Epifiz asosan g’ovak moddadan tuzilgan, ustida modda qoplab turadi. Suyakni g’ovak moddasi soh sil qiluvchi suyak to'sinlari orasida bolalarda va katta' joylashgan bo’lib, qon ishlab chiqarish va himoya jaradi. Qizil ilik tarkibi retikula to’qima va gemopo ri bo’lgan mieloid to’qimadan iborat. Retikula to’qi hujayralari va tolalaridan iborat bo’lib, uning qovuz tropoez, granulopoez va trombositopoez qatorlarininj. tilgan elementlari joylashgan. Bu hujayralar qon bilai tun organizmga tarqaladi. Homila va erta bolalik davi mon suyaklaming ilik bo’shlig’ida qizil ilik bo’lib, ula jayralari bola tug’ilganidan keyin (1—6 oylarda) paydo yoshdan keyin naysimon suyaklar diafizida joylashgan ta-sekin sariq ilikka aylana boshlaydi va 20—25 yoshlari suyak ilik bo’shlig’i sariq ilik bilan to’ladi. Diafizni ef joyi metafiz deyiladi.
Bu sohada zich modda yupqalashib kamayib bor; g’ovak tuziUshga ega. Bolalarda metefizda metaepifizar t suyakning bo’yiga o’sishi uni hisobiga bo’ladi.
Suyakning tashqi yuzasi tog’ay bilan qoplangan bo’§ dan tashqari suyak usti pardasi (periost) bilan qoplangan. pqa pishiq biriktiruvchi to’qimadan iborat. U suyak ichi tolalar vositasida suyakka yopishib turadi. Periost ikki: tashqi tolali fibroz to’qima qavati va qon tomir hamda nervlarga t suyak hosil qiluvchi ichki (kambial) qavatlardan iborat. L bial qavati suyakka tegib turadi va yosh suyak hujayralari; lib, suyakning o’sishida ahamiyatga ega.
G’ovak suyaklar: a) uzun g’ovak suyaklar (to’sh suy vurg’alar). Ular asosan g'ovak moddadan tuzilgan bo’lib, modda qatlami bilan qoplangan. b) kalta g’ovak suyaklar ko’p qirrali shaklga ega (qo’l kaftining kafl usti sohasi va oyoq panjasining kaft usti sohasi suyaklari).
Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo’shliqlarini ho- ida ishtirok etadi (kalla qopqog’i, chanoq va kurak suyakla- juyaklar: tashqi va ichki zich qavat o'rtasida joylashgan may- cchali g'ovak moddadan tashkil topgan.
Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. Umurtqa tanasi tuzilishi jihatidan g’ovak suyaklarga, ravog’i va o’siq- yassi suyaklarga kiradi.
Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplangan ilan to’la bo’shliq bo’ladi. Ularga kallaning peshona, ponasimon ustki jag’ va g’alvirsimon suyaklari kiradi. Ulardagi bo’shliqlar yon bo’shliqlarini tashkil qiladi. Chaqaloqlarda ular rivojlangan bo’lib, kallaning o’sishi bilan birga hosil bo’ladi.
Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ularning paylari, fassiya, boylamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo’ladi. Ulami lar deb ataladi. Bularga do’mboq, do’mboqcha, qirra va o’siqcha kiradi. Suyakning yuzalari o’zaro chekkalar bilan chegaralanadi. bir suyakda nerv va qon tomirlar yotgan joylarda egatlar yuzaga keladi. Suyakning ichki yuzasida, uning ichiga kiruvchi oziqlantiruvchi teshik bo’ladi.
Odam embrionida suyak to’qimasi boshqa to’qimalarga nisbatan kechroq, ona qomidagi hayotining 6—8 haftalarida mezenximadan paydo bo’ladi.
Hamma suyaklar taraqqiyot davrida bir xilda rivojlanmaydi, ular- ba’zilari (kallaning qopqoq va yuz qismi suyaklari, o’mrov) birik- chi to’qimadan taraqqiy etadi yoki ikki bosqichni (parda, suyak) li. Bularni birlamchi suyaklar deb ataladi. Boshqa suyaklar uch bosqichni (parda, tog’ay, suyak) o’tib ikkilamchi suyaklar deyiladi. iklanish jarayoni quyidagi to’rt turga bo’linadi:
1. Endesmal suyaklanishda birlamchi suyaklar vujudga keladi. ida bo’lajak suyakni biriktiruvchi to’qimasining ma’lum nuqtasida oblastlar zo’r berib ko'payadi va suyaklanish nuqtasini hosil qila- Bu nuqta har tomonga qarab nur shaklida qator-qator bo’lib tarqaydi. Biriktiruvchi to’qimani yuza qavati periostga aylanadi va yosh akni ustini qoplaydi. Periost hisobiga suyak qalinlashadi.
2. Perixondral suyaklanish homila hayotining 8-haftasida me- zenximadan hosil bo’ladigan suyakning tog’ay shakli paydo bo’ladi. Tog'ayni tashqi tomondan qoplagan tog’ay usti pardasining ichki qavati yosh suyak hujayralari (osteoblastlami) hosil qiladi va gialin tog’ayga aylanadi. Bu osteoblastlar ko’payib, suyak qatlamini ho­sil qiladi va asta-sekin tog’ay to’qimaning o’rni egallab, suyakning zich (kompakt) moddasiga aylanadi.
3. Tog’ay suyaklanib bo’lgandan keyin tog’ay usti pardasi suyak usti pardaga aylanadi. Keyingi davrlarda suyaklami eniga o’sishi (yo’g’onlashishi) ana shu suyak usti pardasi hisobiga bo’ladi va suyaklanishning bu turi periostal suyaklanish deb ataladi.
4. Endoxondral suyaklanish tog’aylar ichida tog’ay usti pardasi ishtirokida vujudga keladi. Tog’ay usti pardasidan tog’ay ichiga qon tomirlar o’sib kiradi va tog’ay yemirila boshlaydi. Qon tomirlar bi- lan birga kirgan biriktiruvchi to’qimadan osteoblastlar hosil boiadi. Bu osteoblastlardan paydo bo’lgan suyak nuqtasi tashqariga qarab o’sib suyakni g’ovak moddasini hosil qiladi. Bu xildagi suyaklanishda tog'aylar to’g’ridan-to’g’ri suyak moddasiga aylanmaydi, balki ular yemirilgan tog’ay o’mida vujudga keladi.
Birlashmalar skelet suyaklarini bir butun qilib birlashtirib, ular- ning ma’lum bir harakatini ta’minlaydi. Suyaklarning birlashmalari har xil tuzilishga ega, ularda harakatchanlik, qattiqlik va pishiqlik ka- bi fizik xususiyatlar bor.
Suyaklar birlashuvining uch turi tafovut qilinadi:
1.Uzluksiz (harakatsiz) birlashmalarda suyaklar orasida biriktiruv­chi to’qima qatlami, tog’ay yoki suyak boiadi. Ularda birlashayotgan suyaklar o’rtasida bo’shliq boimaydi.
2.Harakatchan birlashmalar yoki bo’g’imlarda (sinovial birlash­malar) suyaklar orasida bo’shliq bo’ladi. Suyaklar o’zaro yopiq bo’- g’im xaltasi, ulami mustahkamlovchi boylamlar va mushaklar yor- damida mustahkamlanadi.
Simfiz yoki yarim bo’g’imda suyaklar orasidagi tog’ay yoki bi­riktiruvchi to’qima o’rtasida bo’shliq boiadi
3.Uzluksiz birlashmalar juda pishiq, qattiq tuzilishga ega bo’lib, harakati chegaralangan. Birlashmaning bu turida suyaklar orasida biriktiruvchi to'qima yoki tog’aylar bo’ladi. Suyaklami biriktirib turgan >‘qima turiga qarab uzluksiz birlashmalar uch turga bo'linadi.
Fibroz tolali to’qima vositasida birlashish. Bunda suyaklar ‘zaro pishiq tolali biriktiruvchi to’qima vositasida birikadi. Bu xil- agi birlashmalar 3 turda uchraydi:
Sindesmozda suyaklar tolali biriktiruvchi to’qimalar yordami- a birlashadi, unda kollagen tolalar suyak usti pardasi bilan biri- ib ketadi. Sindesmozga boylamlar va suyaklararo par- la kiradi. Boylamlar pishiq tolali biriktiruvchi to’qimani tutam-tu- am bo’lib joylashishidan yuzaga keladi. Umurtqalar ravog'i o’rtasi- lagi sariq boylamlar elastik biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan. Umur- qa pog’onasi oldinga egilganida ular cho’ziladi va elastikligi tu- ayli qisqarib umurtqa pog’onasining to’g’rilanishiga yordam bera- li. Suyaklaro parda uzun naysimon suyaklar tanasi o'rtasida tortil- :an serbar biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan parda; bilak va boldir ,-uyaklari orasida bo’ladi.
Choklar fibroz birlashmalarning bir turi, ular yordamida kal- la suyaklari birikadi. Choklar chekkasining tuziUshiga qarab uch tur­ga ajratiladi:
a) tishli chokda bir suyakning tishli chekkasi ikkinchi suyak tish- lari orasiga kiradi. Ularning o'rtasida biriktiruvchi to'qima qatlami yotadi (tepa suyaklarining о’zaro birlashuvi);
d) silliq chokda ikki suyakning tekis chekkalari yonma-yon yup- qa biriktiruvchi to’qimali qatlam vositasida birikadi (yuz suyaklari- ning o’zaro birlashuvi).
Fibroz birlashmalaming turi gomphosisda bir suyak ikkinchi suyakka xuddi mix qoqqandek birikadi (tishlami jag’ga birlashuvi), bunda tishlar bilan jag’ o’rtasida yupqa biriktiruvchi to'qima qatla- mi periodont bor.
Sinxondrozda suyaklar o’zaro tog’aylar vositasida birlashadi Bu birlashmalar pishiq, kamharakat va sodda tuzilishga ega. Unda elastik tog’ay bo’ladi. Bu birlashma tog’ay butun hayot davomida qolsa doimiy bo’ladi. Agar tog’ay suyaklanib birlashib ket- sa, suyaklanib birlashish (synostos) hosil bo’ladi (dumg’aza umurtqa- larining birlashuvi).
Harakatchan birlashmalar yoki bo’g’imlar nafaqat tuzilishining murakkabligi, balki vazifasi bilan ham farq qiladi. Bo’g’im bu a’zo, uning hosil bo’lishida suyak, tog’ay va xususiy biriktiruvchi to’qima ishtirok etadi Bo’g’imning tuzilishida asosiy va yordamchi elementlar bor. Asosiy elementlar hamma bo’g’imlarda bo'lib, ular- ga suyaklarning bo’g’im yuzalari, bo’g’im tog’ayi, bo’g’im bo’shlig’i, bo’g’im xaltasi va sinovial suyuqlik ki- radi.
Bo’g’im yuzalari bo’g’im hosil qilis- hda ishtirok qiladigan suyaklarda bo’la- di. Нагbir bo’g’im eng kamida ikkita bo’g’im yuzasidan hosil bo’ladi, ulardan biri turtib chiqqan bo’lib, bo’g’im bosh- chasini, ikkinchisi esa botiq holda bo’lib, bo’g’im chuqurchasini hosil qiladi. Tur-tib chiqqan yuzasi har doim keng bo’ladi. Agar suyaklaming bo’g’im yuzalari bir-biriga mos kelsa kongruentli, shakli yoki kattaligi jihati- dan mos kelmasa inkongruentli deyiladi.
Bo’g’im tog’ayi 0,2—1,5 mm gacha qalinlikda bo’ladi. Ular aso- san gialin tog’ay bilan qoplangan bo’lib, faqat ba’zi bo’g’imlarda (chakka-pastki jag’, to’sh-o’mrov) tolali tog’ay uchraydi.
Bo’g’im tog’ayining tashqi yuzasi siiliq bo’lib, bo’g’im yuzalarini bir-birida sirpanishiga yordam beradi. Bo’g’im tog’ayi elastik bo’lib, harakat qilgan vaqtda suyaklami uchlarining lat yeyishdan saqlaydi.
Bo’g’im xaltasi suyaklaming bo’g’im hosil qiluvchi uchlari va ular o’rtasidagi bo’shliqni atrofldan o’raydi. Bo’g’im xaltasi bo’g’im yuza- sining chekkasiga yoki bir oz chetroqqa yopishib bo’g’imni germetik yopib turadi. U ikki: fibroz to'qimadan tuzilgan tashqi qavat va ichki sinovial membranadan iborat. Tashqi fibroz qavat tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat, unda kollagen tolalari ko’p bo’ladi. U bo’g’im xaltasining mustahkamligini ta’minlaydi.
Bo’g’im xaltasining ichki qavati sinovial parda bo’g’im ichidagi bo’g’im tog’ayidan boshqa hamma narsani o’rab turadi. Uning tarkibida kollagen va elastik tolalari bor. Ba’zi bir bo’g’imlarda sino­vial parda burmalar hosil qiladi; ular ichidagi yog’ to’qimasi bo’g’im bo’shlig’i ichidagi bo’sh joylarini to’latib turadi. Sinovial parda qon, limfa tomirlari va nervlarga boy va juda sezuvchan. Sinovial par­da bo’g’im ichiga sarg’ish rangh tiniq (sinovial) suyuqlik chiqaradi. Suyuqlik bo’g’im tog’aylari yuzasini namlab, ishqalanishni kamayti- radi va bo’g’imlar harakatini yengillashtiradi.
Bo’g’im bo’shlig’i sinovial parda bilan suyaklaming bo’g’im yu­zalari o’rtasida tor yoriq shaklida bo’ladi. Uning shakli suyaklar- ning bo’g’im yuzalari hamda bo’g’im ichidagi yordamchi element- larga bog’liq.
Bo’g’imlaming yordamchi elementlariga bo’g’im diski, menisklar bo’g’im labi va boylamlar kiradi.
Bo’g’imlaming harakati bo’g’im yuzalarining tuzihshiga (shakli, olchami, bukilganligi) qarab turli xil o’qlar atrofida bo’ladi. Orga- nizmda bo’g’imlaming harakati frontal, sagittal va bo’ylama o’q atrofida bajariladi. 1. Frontal (ko’ndalang) o’q atrofida faqat bukish va yozish mumkin. 2. Sagittal (oldindan orqaga ketgan) o’q atrofida tanaga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish harakati bajariladi. 3. Suyak o’zining bo’ylama o’qi atrofida ichkariga va tashqariga buri- ladi. 4. Doira hosil qilib aylanish, bunda suyakning erkin uchi birin- ketin barcha o'qlar atrofida harakat qiladi. Bo’g’imlarda harakat haj- mi suyaklar bo’g’im yuzalarining shakliga, bo’g’im xaltasining keng yoki torligiga, bo’g’mi atrofidagi boylamlar, paylar va mushaklaming soni va faoliyatiga bog’liq.
Bo’g’imlar bo’g’im hosil qilishda ishtirok etuvchi suyak yuzalari soniga qarab: oddiy bo’g’im faqat ikkita suyak yuzasidan hosil bo’lgan va murakkab bo’g’im uch va undan ortiq bo’g’im yuzasidan tashkil topgan bo’g’imlarga bo’linadi. Bundan tashqari kompleks bo’g’imlar va hamkor bo’g’imlar tafovut qihnadi. Kompleks bo’g’imda bo’g’im yuzalari o'rtasida tog’ay plastinkasi bo’ladi. Hamkor bo’g’imda tuzi- lishi bir xil bo'lgan ikki alohida bo’g’im bir vaqtda bir xil faoliyatni bajaradi (o’ng va chap chakka-pastki jag’ bo’g’imlari).
Bo’g’imlar harakat o’qining soniga qarab bir o’qli; ikki o’qli va ko’p o’qli bo’g’imlarga bo’linadi.
Bir o’qli bo’g’imlar unda ishtirok etayotgan suyaklar uchining bir-biriga mos kelishiga qarab uch turga bo’linadi:
1. Silindrik bo’g’imda suyaklardan binning uchi silindr shakhda bo’lsa, ikkinchisida shunga mos kemtik bo’ladi (proksimal va distal bilak-tirsak bo’g’imi). Bunday bo’g’imning o’qi suyakning uzunasi bo’ylab o’tgani uchun shu o’q atrofida ichkariga yoki tashqariga bu- raladi .
2. G’altaksimon bo’g’imda bo’g’im hosil qiluvchi suyaklardan birining uchi g’altak shaklida, ikkinchisining uchi esa shunga mos kemtik (barmoq falangalari o'rtasidagi bo’g’im) bo'ladi . Bunday bo’g’imda frontal sathda joylashgan ko’ndalang o’q atrofida bukish va yozish harakati bajariladi.
3. Vintsimon bo’g’im g’altaksimon bo’g’imning bir turi bo’Hb, g’altakning o’ymasi burama shaklda bo’ladi. Bir suyakning bo’g’im yuzasida suyak qirra bo’lsa, ikkinchi suyakning bo’g’im chuqurcha- sida yo’naltiruvchi egat (yelka-tirsak bo’g’imi) bo’ladi. Bu bo’g’imda ham harakat g’altaksimon bo’g’imga o’xshab ko’ndalang o’q atrofida bukish va yozish bo’ladi.
Ikki o'qli bo’g’imlar suyak uchlarining shakliga qarab uch turga bo’linadi:
Ellipssimon bo’g’imda suyaklardan birining uchi ellips shakli- dagi bo’g’im boshchasini hosil qilsa, ikkinchisi shunga mos chuqurcha hosil qiladi. Bunday bo'g'imda harakat lkki: irontal va sagittal o’q atrofida bo’ladi. Frontal o’q atrofida bukish va yozish, sagittal o’q atrofida yaqinlashtirish va uzoqlashtirish (bilak-kaft usti bo’g’imi) harakatlari bajariladi.
Egarsimon bo’g’imda suyaklaming uclilari bir-biriga min- gashib turuvchi egar shaklida bo’ladi. Bunday bo’g’im birinchi kaft suyagi va trapetsiyasimon suyak o’rtasida uchraydi. Bu bo’g’imda harakat xuddi ellipssimon bo’g’imdagidek ikki o’q atrofi­da kechadi.
Do’ngli bo’g’imda bir suyakning bo’g’im yuzasi do’ng, ikkin- chisida esa shunga mos o’yiq (tizza bo’g’imi) bo’ladi. Bu bo’g’imda harakat frontal o’q atrofida bukish va yozish bo’lsa, bo’ylama o’q atrofida burish bo'ladi.
Ko’p o’qli bo’g’imlar unda ishtirok etadigan suyaklaming uchlari shakliga va bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab uch turga bo’li- nadi:
Sharsimon bo’g’imda suyaklardan bittasining uchi sharsimon, ikkinchisining uchi esa shunga mos chuqurchadan iborat. Bo’g’im chuqurchasi, odatda, kichikroq, shuning uchun bunday bo’g’imda harakat erkinroq va uch o’q atrofida: frontal o’q atrofida bukish va yozish; sagittal o’q atrofida tanaga yaqinlashtirish va uzoqlashtirish; bo’ylama o’q atrofida burish sodir bo’ladi.
Bu asosiy harakatlardan tashqari sharsimon bo’g’imlarda aylan- ma harakatlar ham bajariladi (yelka bo’g’imi).
Kosasimon bo’g’imda bo’g’im chu­qurchasi chuqur bo’lib, bo’g’im boshchasining yarmini o’rab oladi. Shunga ko’ra kosasimon bo’g’im harakati biroz (chanoq-son bo’g’imi) chegaralangan.
Yassi bo’g’imning bo’g’im yuzala- ri yassi, biroz bukilgan bo’lib katta shar yuzasining bir qismiga o’xshaydi.
Odam tana skeleti umurtqa pog'onasi, un ikki juft qovurg'a va to'sh suyagidan iborat. Umurtqa pog'anasi bir-birining ustida joylashgan alohida umurtqalar yig'indisidan tashkil topgan bo'lib, bular bo`yin umurtqalari (yettita). Umurtqa pog'onasining o'rtacha uzunligi erkaklarda 73-75 sm, ayollarda esa 69-71 sm gacha bo'ladi, shundan bo`yin qismi 13-14 sm, ko'krak bo'limi 27-30 sm, bel qismi 17-18 sm va dumg'aza qismi 12-15 sm. Odam umurtqa pog'onasi organizmning tayanchi bo'libgina qolmay balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muxofaza qiladi va gavda bilan kalla harakatida faol qatnashadi.
Umurtqa pog'onasi: 1. Bo`yin umurtqalari (vertebrae cervicales) 7 ta bo'lib, yuqoridan birinchi va ikkinchi umurtqalar, boshqa beshta bo`yin umurtqalaridan tuzilishi bilan ancha farq qiladi. Shuning uchun ularning tuzilishiga quyida alohida to'xtalib o'tamiz. Qolgan beshtasi boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo'yin umurtqalarining tanasi kichkina ko'ndalang oval shaklida bo'lib, umurtqa teshigi katta, uchburchak shaklida tuzilgan. Ko'ndalang o'siqlarning old tomoniga embrion o'sish davridagi qovurg'a qoldiqlari yopishib qolganligi uchun uchlari ikkita do'mboqchaga bo'lingan. VI-bo`yin umurtqaning oldingi o'simtasi oldidan uyqu arteriyasi o'tgangi uchun shu arteriya jaroxatlanganda yuqorida aytilgan do'mboqchani bosib qon to`xtatiladi. Ko'ndalang o'siqlarda paydo bo'lgan barcha teshikchalar yig'indisi umurtqa arteriyasi kanalini hosil qiladi. Bu kanaldan shu nomli arteriya o'tadi. II-V bo`yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o'tkir qirrali o'siqlar kalta va uchi ayri (VI-VII umurtqalar bundan mustasno) bo'ladi. VII umurtqalarning orqa o'sig'i boshqa bo`yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo'g'on bo'lib, tirik odamda teri ostida bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqaning bo'rtib chiqqan umurtqa deyiladi. Birinchi bo`yin umurtqasi atlant (atlas) tanasi takomil davrida ikkinchi umurtqaga o'tib, tishsimon o'siq hosil qiladi. Natijada uning tanasi o'rnida oldingi ravog'i vujudga kelib umurtqa teshigi esa kengaygan. Orqa ravog'ida o'tkir qirrali o'siq qoldig'i kichkina do'mboq paydo bo'lgan. Bo`yining II umurtqasi (axis-o'qli) da tishsimon o'siq yoki tish (dens) ning bo'lishi bilan boshqa hamma umurtqalardan ajralib turadi. Ikkinchi umurtqa tishi birinchi umurtqa ravog'i bilan birlashib turishi kallaning xar tomonga burilishiga imkon tug'diradi. Bel umurtqalari (vertebra lumbales) 5ta umurtqalarning orasida eng yirigi bo'lib, uning teshigi katta va uchburchak shaklida, tanasi esa buyrak shakliga o'xshash, ko'ndalang o'sig'i deyarli frontal vaziyatda bo'lib, uchi va o'tkir qirrali o'siq to`g`ri orqaga qaragan bo'ladi.
Dumg'aza umurtqalari (vertebrae sacrales) 5 ta bo'lib, odam 17-25 yoshlarga ba’zoda ular o'zaro qo'sxilib 1 ta dumg'aza suyagi (os sacrum) ni hosil qiladi.
Dumg'aza suyagi uchburchak shaklida bo'lib, serbar qismi-tubi va pastga, oldinga qaragan uchi bo'ladi. Dumg'aza suyagining oldingi chanoq satxi, tekis ovalsimon bukilgan bo'lib, oldingi teshiklar ko'rinib turadi. Ayollarning dumg'aza suyagi kengroq, kaltaroq va kamroq bukilgan bo'lishi bilan erkaklar dumg'aza suyagidan ajralib turadi.
Dum umurtqalari(vertebrae coccygeae) 4-5 ta bo'lib, odamda qoldiq umurtqalar hisoblanadi. Bular o'rta yoshdagi odamlarda suyaklanib, dum suyagini vujudga keltiradi.
Tush suyagi (sternum). Ko'krak umurtqalari qovurg'alar bilan birgalikda ko'krak qafasi (thorax) ni hosil qiladi. To'sh suyagi uzunchoq yalpoq shaklida bo'lib, o'rta yoshdagi odamda 3 ta ayrim qismdan iborat bo'ladi.

  • Yuqori qismi-dastasi:

  • O'rta qismi-dastasi:

  • Past qismi-xanjarsimon o'siq deb ataladi.

Dastaning ikki yonboshidagi juft o`ymalar o`mrov suyagining tush suyagiga qaragan uchi va I qovurg'a tog'ayi bilak qo'sxilish uchun xizmat qiladi. Dasta bilan tanasi oralig'ida II-VII qovurg'a tog'aylari uchun uyma bor.
Qovurg'alar (costae) 12 juft ingichka, yoylardan iborat bo'lib, orqa tomondan ko'krak umurtqalari tanasiga yopishib turadi. Har qaysi qovurg'a ikki qismdan iborat bo'ladi. Yuqoridagi I-VII qovurg'alar bevosita suyagiga birikadi va chin qovurg'alar deb ataladi. Keyingi VII-IX va X juft qovurg'alar o'zlarining oldingi tog'ay qismlari bilan bevosita to'sh suyagiga yopishmasdan, o'zida yuqorida joylashgan qovurg'aning tog'ayiga tutashadi va yolg'on qovurg'alar deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg'a tog'aylari xech qayerga yopishmasdan qorin muskullari orasida joylashgan. Ularni yetim qovurg'alar deb ataladi. Qovurg'a tanasida tashqi va ichki yuzlari, yuqori va pastki chekkalari bo'ladi. Birinchi qovurg'ada, aksincha yuqori va pastki yuzalar, ichki va tashqi chekkalar bo'ladi. Birinchi qovurg'ada, aksincha, yuqori va pastki yuzalar, ichki va tashqi chekkalar bo'ladi. qovurg'alarning shakli va uzunligi ko'krak qafasining tuzilishiga va shakliga bog'liq. qovurg'alarning I qovurg'adan VII qovurg'agacha o`rta borib, VIII qovurg'adan oxirgi XII qovurg'agacha qisqarib kamayadi.

ASOSIY TUSHUNCHA VA TAYANCH IBORALAR

Umurtqa – vertebra.
Umurtqa pog'onasi – columna vertebra .
Ko'krak umurtqasi – vertebrae thoracica.
Dumg'aza umurtqasi – vertebrae sacralis.
Dum umurtqa –vertebrae coccygeae.
Qovurg'a –costa.
Skeletos – quritilgan
Naysimon suyaklar – yelka, bilak. Tirsak, son, katta va kichik boldir suyaklari kiradi.
G’ovak suyaklar – qovurg’alar va umurtqalar kiradi.
Yassi suyaklar – kurak, yonbosh, to’sh suyagi va kalla suyagi kiradi.



Yüklə 125,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin