1- mavzu: Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yangilashga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirish. Tarbiyaning maqsadi-har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish



Yüklə 25,21 Kb.
səhifə2/4
tarix04.12.2023
ölçüsü25,21 Kb.
#172451
1   2   3   4
1- mavzu Kasbiy ijodiy tafakkuri, bilimlarini to‘ldirish va yan

Kasblarning turkumlari. Mehnatning maqsadiga qarab kasblarni uch turkumga ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Gnostik kasblar bu kasblarning nomi lotincha (gnozis)-bilim, bilish degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan olingan. Agar siz aqliy mehnat (ya’ni bilib olish,gnostik mehnat) bilan faqat ish stolida, xonada shug‘ullanish mumkin deb o‘zingizga odat bo‘lib qolgan tarzda o‘ylaydigan bo‘lsangiz, u holda bunday fikrdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. Masalan nazoratchilar sortga ajratuvchilar,pirometristlar ana shunday kasbdagi kishilardir.
2.O‘zgartiruvchi kasblar. Juda ko‘p kasblar mehnat predmetlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning o‘zgartiruvchi faoliyat faqat buyumlargagina qaratilib qolmay shu bilan birga energiya turlariga, axborotlarga, jarayonlarga, ijtimoiy hayotning tuzilishiga qaratilgan bo‘lishi ham mumkin. Mana bunga faqat birgina misol keltiramiz. Yetakchi o‘quvchilarni uyushtiradi va ular ko‘chat o‘tqazishda faol ishtirok etdilar. Manashu misolda faqat tabiatning o‘zgarganligi to‘g‘risida gapirish kifoya qilmaydi.Bu yerda eng muhimi bolalarning mehnatga, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlari o‘zgaradi va hokazo.
3.Tadqiqotchilik kasblari. Mazkur turkumning nomi izoh berishni talab qiladi. Bu nomga qarab mazkur kasb qidiruv ishlari bilan (masalan, geologic qidiruv ishlari bilan) yoki ilmiy tadqiqotlar bilan albatta, bog‘liq kasb bo‘lsa kerak, deb o‘ylamaslik kerak. Bu yerda o‘zgartiruvchi turkumga yaqin bo‘lgan kasblar to‘g‘risida gap boradi.
Mazkur turkumdagi kasbda qilinadigan mehnatning maqsadi-qandaydir bir noma’lum narsani, buning ustiga ko‘pincha cheklangan bir vaqt sharoitida qidirishdan iborat bo‘ladi.
Kasblarning bo‘limlari va guruhlari.
Kasblarning bo‘limlari mehnat vositalariga qarab kasblar bo‘limlarga bo‘linadi.

  1. Qo‘l mehnatidan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar. Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo‘l mehnatidan va mexanizatsiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. Masalan otvyorka, skalper (jarrohlik pichog‘i) shtixel yog‘ochga yoki metallga o‘yib gul solish asbobi, reysfeder tortsovka bo‘yoqchilar cho‘tkasining bir xili elektr drel buyoq purkagich pnevmatik otboyka bolg‘asi va hokazolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.

  2. Qo‘lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar boshqacha qilib aytganda ularni ham mashinada,ham qo‘lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin-tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi machinist,elektrovoz mashinisti va boshqalar ana shunday ham qo‘l mehnati,ham mashinadan foydalaniladigan kasblar qatoriga kiradi.Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan faqat texnologik bilimlarga ega bo‘lish talab qilinmasdan shu bilan birga ulardan qo‘l mehnati malakasiga ega bo‘lish ham talab qilinadi.

  3. Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan,apparatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasblar.Avtomatlashtirish darjasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin.Bu vazifa umuman agregatni va uning ta’miri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni boshqarishdan tortib o‘sha agregat ishini kuzatib turish va agar zarurat tug‘ulsa,kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi.Mazkur kasb bo‘limining vakillari prokat stanining operatori,energosistema dispetcheri,kimyo ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar operatori,po‘lat quyuvchi va boshqalardir.

  4. Funksional vositalar,mehnat qurollari ko‘proq talab qilinadigan kasblar.Bu yerda odam xulq-atvoridagi funksional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar ya’ni imo-ishoralar,tovushlar,so‘zlar,jumlalarning talaffuz qilinishi,ma’no tashuvchi va imotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli ro‘lini bajaradi. Bu bo‘limga: o‘qituvchi, tarbiyachi, san’atkor, aktyor, xor yoki orkestr drijori singari kasblar kiradi.

Odam organizmi ham funksional vosita ro‘lini bajarishi mumkin (balet artisti,sport pedagog murabbiyi,ashulachi,sirk akrabati).
Mana shu kasblarni egallagan kishilar uchun o‘z xotirasida juda ko‘p qoidalarni,ma’lumotlarni saqlab qolish qobiliyati,o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati xarakterli bo‘ladi.
Kasb guruhlari: Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati-mehnat sharoitlari bo‘yicha kasblar klassifikatsiyasiga to‘xtalib o‘tamiz. Kasblar to‘rtta guruhga bo‘linadi:
1.Odatdagi (“maishiy”) mikroiqlim sharoitidagi mehnat. Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o‘qituvchi va boshqalarni mana shu kasb gruppasiga kiritish mumkin.
2.Harorat, namlik keskin o‘zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat. Quyidagi kasblar bunga misol bo‘la oladi: quruvchi, o‘t o‘chiruvchi va boshqalar.
3.Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq sexlarda, sog‘liq uchun muqarrar zararli ta’siri bolgan sexlarda ishlash. Bunday kasblarga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g‘avvos va boshqalar.
4.Odamlarning sog‘ligi hayoti uchun katta-katta jamoat boyliklari moddiy ne’matlar uchun oshirilgan ma’naviy mas’uliyat bilan bog‘liq bo‘lgan mehnat.O‘qituvchi, shifokor, militsiya noziri,texnika xavfsizligi muhandisi va boshqa kasblarni mana shu mehnat guruhiga kiritish mumkin.

Yüklə 25,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin