Qo‘nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda
tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o‘yin harakatlarini
bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Jamoa hujumini faqatgina to‘g‘ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya
qilmaydi.
Shuning uchun hozirgi zamon voleybolida to‘p yo‘nalishini o‘zgartirib
bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir (14-rasm).
14-rasm.
To‘p yo‘nalishini o‘zgartirib bajariladigan hujum zarbalarining tuzilishi to‘g‘ri
zarba berish texnikasiga o‘xshashdir. To‘p o‘ng tomonga yo‘naltirilganda,
depsinishdan so‘ng gavda o‘ng tomonga burilib, bir oz chapga engashtiriladi, chap
qo‘l yelkasi to‘rdan olib qochiladi.
Biomexanika nuqtayi nazaridan, yo‘nalishi o‘zgartirilgan hujum zarbalarini
berishda asosiy o‘rinni yelka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi.
Dostları ilə paylaş: