1 – dars. C++ Dasturlash tilining kelib chiqishi xaqida ma’lumot



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə15/121
tarix02.01.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#37187
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
aaaaKitob majmuasiiii

switch operatori 

if-else-if yordami bilan bir necha shartni test qilishimiz mumkin. Lekin bunday yozuv nisbatan o'qishga qiyin va ko'rinishi qo'pol bo'ladi. Agar shart ifoda butun son tipida bo'lsa yoki bu tipga keltirilishi mumkin bo'lsa, biz switch (tanlash) ifodalarini ishlata olamiz.

 switch strukturasi bir necha case etiketlaridan (label) va majburiy bo'lmagan default etiketidan iboratdir. Etiket bu bir nomdir. U dasturnig bir nuqtasidaga qo'yiladi. Programmaning boshqa yeridan ushbu etiketga o'tishni bajarish mumkin. O'tish yoki sakrash goto bilan amalga oshiriladi, switch blokida ham qo'llaniladi.

 5 lik sistemadagi bahoni so'zlik bahoga o'tqizadigan blokni yozaylik. 

int baho;

baho = 4;

 switch (baho) {

case 5: cout << "A'lo";

break;

case 4: cout << "Yahshi";



break;

case 3: cout << "Qoniqarli";

break;

case 2:


case 1: cout << "A'lo";

break;


default: cout << "Baho hato kiritildi!";

break;


}

 

switch ga kirgan o'zgaruvchi (yuqorigi misolda baho) har bir case etiketlarining qiymatlari bilan solishtirilib chiqiladi. Solishtirish yuqoridan pastga bajariladi. Shartdagi qiymat etiketdagi qiymat bilan teng bo'lib chiqqanda ushbu case ga tegishli ifoda yoki ifodalar bloki bajariladi. So'ng break sakrash buyrug'i bilan switch ning tanasidan chiqiladi. Agar break qo'yilmasa, keyingi etiketlar qiymatlari bilan solishtirish bajarilmasdan ularga tegishli ifodalar ijro ko'raveradi. Bu albatta biz istamaydigan narsa. default etiketi majburiy emas. Lekin shart chegaradan tashqarida bo'lgan qiymatda ega bo'lgan hollarni diagnostika qilish uchun kerak bo'ladi.



case va etiket orasida bo'sh joy qoldirish shartdir. Chunki, masalan, case 4: ni case4: deb yozish oddiy etiketni vujudga keltiradi, bunda sharti test qilinayotgan ifoda 4 bilan solishtirilmay o'tiladi.


Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin