1- amaliy mashg`ulot mavzu



Yüklə 103,3 Kb.
səhifə3/18
tarix07.01.2024
ölçüsü103,3 Kb.
#203511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1- amaliy mashg`ulot mavzu-fayllar.org

MASHG`ULOT REJASI:
1. Obraz poetikasi
2. Ijtimoiy tip va badiiy obraz
3. Obraz, xarakter, tip

Tayanch so‘z va iboralar: : Obraz poetikasi, obraz, xarakter, tip.

1. Obraz
YOzuvchi qaysi janrda ijod qilmasin, asar yaratmasin, u ob’ektiv hayotga murojaat qiladi. “Har qanday san’atning mazmuni voqelikdir. Binobarin, u huddi voqelikning o‘zidek tuganmas va ko‘rinmasdir” (Adabiyot nazariyasi. 1 tom. “Fan” nashriyoti, 1978. 82-bet). Adib mana shu “tuganmas va ko‘rinmas” voqelik ichki qonuniyatlarining sirini, mohiyatini o‘rganadi, undan bu o‘z tendensiyasini yaratadi... To‘g‘ri, hayotiy voqelik faqat yozuvchi uchungina o‘rganish, yaratish manbai emas, u olim, san’atkor, rassom uchun ham bilish va ijod manbadir. Lekin ularning hayotni tadqiq etishi, o‘rganishi, uni qayta yaratishi yozuvchining in’ikos qilishdan o‘zgacha bo‘ladi. “Faylasuf sillogizmlar bilan, shoir esa obrazlar va kartina (manzara) lar bilan gapiradi... Biri isbot etadi, ikkinchisi ko‘rsatadi va ikkalasi ham bir narsani gapiradi... Faqat biri mantiqiy dalillar bilan, ikkinchisi esa kartina (manzara)lar orqali ishontiradi” (O‘sha joyda). Ob’ektiv voqelikni, ya’ni hayotiy materialni yozuvchi asarga jo‘ngina olib kirmaydi, qanday bo‘lsa, shunday tasvirlamaydi. Basharti shunday qilinsa, bu badiiy asar bo‘lmaydi. Yozuvchi hayotni qayta yaratadi,o‘zidan qo‘shadi, o‘rni kelganda “kamaytiradi”. Bu “qo‘shish va “kamaytirish” hayotiy haqiqatga biror voqeani qo‘shish yoki olish ma’nosida emas, balki yozuvchining shu voqelikdan kishiga yuqumli holatlarni topa bilishi yoki shunday narsani yarata olishi ma’nosidadir, albatta. Voqelikning kishiga yuqumliligi uning qiziqarli bo‘lishi yoki dahshatliligi bilan emas, balki shu voqelik zaminida aytilmoqchi bo‘lgan gapning salmog‘i bilan, ya’ni shu voqelikning g‘oyaviyligi-tendensiyasi bilan belgilanadi. Demak, ijodkor hayotiy voqelikka suyangan holda yaratgan asarida biror-bir tendensiyani ilgari sursa, uning bu tendensiyasi o‘z zamonasining dolzarb masalasini ko‘tarib chiqsa, o‘z salmog‘i bilan kitobxonning shuuriga ta’sir qilib, uning qalbida go‘zallik, ezgulik hislarini yoki o‘z tasviridagi voqelikka nisbatan nafrat tuyg‘usini uyg‘ota olsa, ana o‘shandagina u o‘z vazifasini ado etgan bo‘ladi.
Yozuvchi o‘z g‘oyasini aniq formulada berishi, izohlashi joiz emas, u qarashlarini voqealar zaminiga singdirib yuborishi kerak. Kitobxon uning tendensiyasini shu voqealar olamidan va vaziyatlardan anglab oladi. Shuningdek, yozuvchining tendensiyasi bir fikr hamda qarash bilan cheklanmaydi, u ko‘p tarmoqli, hayot kabi keng bo‘ladi. Biroq u o‘z qarashlarini, kishi ongiga singdirmoqchi bo‘lgan fikrlarini inson orqali ilgari suradi. Mana shu inson adabiyotda obraz deb yuritiladi. Obrazning ma’nosi keng. “Qadimiy slavyan xalqlari... ongda in’ikos topuvchi narsa, voqea-hodisalarni kimda-kim o‘z shakli va mazmunida qiyofalantirib bera olsa, bunday qiyofaga obraz deb nom berishgan... Paydo bo‘lish asosiga ko‘ra bu so‘z “raz” (chiziq) o‘zagiga borib taqaladi. “Raz”dan “obrazziti” (chizmoq, yo‘nmoq, shakl yasamoq) va nihoyatundan esa “obraz” iborasi vujudga kel ib, asta-sekin san’at darajasiga ko‘tarilgan” (To‘lqin Rasulov. Badiiy asar qanotlari.—T.: G‘. G‘ulom nomidagi san’at va adabiyot nashriyoti, 1977. 3-bet). Demak, keng ma’noda ob’ektiv voqelik barcha “elementlari” bilan inson shuurida u yoki bu tarzda in’ikos etishi obrazning asosini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinyaptiki, obraz ijgimoiy ong formalarining qay birida qay tarzida qo‘llanishiga hamda qaysi o‘rinda qanday ma’noda ishlatishiga qarab, o‘zaro farqpanish xususiyatiga ega. YA’ni obraz fanda, san’atda, adabiyotda, tasviriy san’atda hech qachon birday ma’noda qo‘llanilmaydi. Ayniqsa, fanda qo‘llanishiga nisbatan san’atning turlari keskin farq qiladi. Fanda olim o‘z fikrini isbotlash uchun u yoki bu hayotiy hodisaning yoki predmetning obrazini keltiradi. Biroq bu obraz ko‘proq voqelikning, shuningdek, predmetning aynan nusxasi bo‘lib, hissiylikdan mahrum bo‘ladi. Chunki fan fikrlar orqali isbotlaydi, ya’ni uning aynan nusxasi asosida tasdiqlaydi. Bunda olimning hayotiy voqelik va predmetlarning obrazlari yuzaga keltirgan xulosasi katta rol o‘ynaydi. Bu qat’iy sub’ektiv xarakterga ega bo‘ladi. Biroq faktologik asosning kuchliligi bilan ob’ektiv tus oladi.
Adabiyot va san’atda obraz yaratish birmuncha o‘zgacha bo‘ladi. Unda in’kos ettirilmaydi. Ob’ektiv voqelik ijodkorning qalb prizmasidan o‘tib hissiy olami, shuuri, g‘oyaviy pozitsiyasi orqali qayta yaratiladi. Bunda ijodkorning bilim-saviyasi, hayotiy tajribasi, umuman, olamni, insonni tushunish, his qilish iqtidori etakchilik qiladi. Bundan ko‘rinyaptiki, ob’ektiv voqelik qaytadan jonlantiriladi, ya’ni obrazli tasvirga ega bo‘ladi. Obrazli tasvirning bo‘lishi bevosita ijodkorning voqelik zaminiga singdirib yuborgan g‘oyasi, ko‘targan masalasining kuchliligi, shuningdek, uni individual belgilardatasvirlashi bilan bog‘liq. Masalan, oshxonalar, non va soat do‘konlari tepasigapalov, kabob, non, har xil soatlarning rasmi ishlangan bo‘ladi. Palovning ustidagi go‘shti, no‘xlti aniq aks ettirilgan yoki nonning ustidagi sedanasi yorqin ifodalangan bo‘ladi. Bular o‘z asliga juda o‘xshaydi. Lekin ularni hech kim san’at asari, badiiy obraz demaydi. Chunki bu tasvirlar zaminida fikr yotmaydi, umumlashma yo‘q. Ular hayotiy voqelikning mohiyatini ochib bermaydi, insonning shuuriga biror mantiqiy asos bilan ta’sir qilmaydi, uni boyitmaydi. Ularning bor-yo‘q xizmati - do‘konlarning nimaga aloqador ekanligini anglatish. Bundan boshqa jiddiy funksiyasi yo‘q. Bundan ko‘rinyaptiki, hayothodisalari,ob’ekgiv voqeliku qanday ko‘lamni qamrab olishdan, xarakterli yoki kichik bir epizodik holat bo‘lishidan qat’i nazar, katta hayotiy masalalarga xizmat qildirilsa, inson hayotida, ichki dunyosida bir o‘zgarish qila olish qudratiga ega umumlashma yasalsa, shunda badiiy obraz paydo bo‘ladi, obrazlilik yuzaga keladi. Chunki yozuvchi hayotni obrazlar vositasida aks etgiradi. Adabiyotning o‘zi ham obrazli tafakkur demaqdir. Yozuvchi o‘z asarida voqelikni obrazlar vositasida aks ettirar ekan, shu asarda tasvirlangan narsalar, ishtirok etgan shaxslar ham obraz deyiladi. Lekin, shunday bo‘lishiga qaramay, adabiyot va san’atda obraz faqat insonga nisbatan ishlataladi. Adabiyot va san’atda biz tilga olib o‘tgan ma’nodagi obrazlar inson - obraz uchun xizmat qiladi. Chunki yozuvchi o‘zining asarida ilgari surgan maqsadini inson obrazi orqali amalga oshiradi. Yozuvchining badiiy ikgidori qay darajada ekanligini u yaratgan obraz belgilab beradi. Sababi obraz osonlik bilan yuzaga kelmaydi, yozuvchining hayotiy kuzatishlari, badiiy to‘qimasi orqali umumlashgan holda shakllanadi. Mana shu holatda yuzaga kelgan ma’lum g‘oya tashuvchi inson hayotining konkret va individuallashgan tasviri - obrazdir. Agar yana aniqlik kiritmoqchi bo‘lsak, umumiylik bilan xususiylikning ma’lum g‘oyaviy ideal asosda individual ko‘rinishda tipiklikka aylantirilgan aniq va hissiy estetik birligi - badiiy obrazdir.
Obraz asarda tutgan o‘rni va vazifasiga qarab adabiyotshunoslik fanida turli atamalar bilan yuritiladi: personaj, bosh obraz, epizodik obraz. Ular yozuvchining estetik idealiga mos kelishi yoki mos kelmasligi, olg‘a surgan nuqgai nazariga xayrixoxdigi yoki uning aksiga qarab ikkiga: ijobiy va salbiy obrazlarga bo‘linadi.
Obraz o‘rniga ko‘pincha xarakter atamasi ham ishlatiladi. Ko‘pchilik buni ekivalent sifatida ko‘llanadi va aynan bir ma’noni anglatadi deb talqin qiladi. Bunday talqin to‘g‘ri emas. Obraz xarakterga qaraganda keng tushunchaga ega. Xarakter obrazning mukammalashgan, teran individuallashgan, o‘zining boshqalardan aniq ajrab turadigan ham g‘oyaviy, ham ma’naviy jihatdan ta’sirdorlikka ega bo‘lgan turidir. SHunga ko‘ra, har qanday xarakter obraz bo‘la oladi, lekin har qanday obraz xarakter bo‘lolmaydi. G‘oyat mukammal, insonga xos bo‘lgan xususiyatlar butun to‘laligicha o‘z ifodasini topgan, faoliyatida, xatti-harakatida, tutgan ishida o‘z zamonasining, davrining, ijtimoiy sharoitining ruhi singan shaxs obrazi tip deb ataladi.


Yüklə 103,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin